Bir bor ekan, bir yo’q ekan

Bir bor ekan, bir yo’q ekan…bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan...

Hamma narsa “bor-yo’q”dan tashkil topgan, matematika va algoritm tilida aytganda 0 va 1 dan, mantiq tilida aytganda to’g’ri va noto’g’ridan. Boshlanish degani ayni zamonda Yakun degani, Yakun esa Boshlanish degani. Biz ham biologik mavjudot sifatida  bor va yuqdan tashkil topganmiz, chunki kvant olamiga utganimizda superpoziciya degan holatning guvohi bolamiz, superposition holatida zarra kuzatuvchining diqqati qay tarafga qaratilsa, osha tarafda paydo bolishining guvohi bolamiz, ya'ni zarra  ayni vaqtda ham bor ham yo'q. o'ng tarafda turgan zarra chap tarafga qaraganimzda u yerda turganini ko'ramiz, buni algoritmda 0 va 1 shaklida ifod etsak bo’ladi. Zarraning mana shu bor-yuq holati har qanday moddaning o'zagini tashkil etadi, bu degani har qanday atomosti unsurlardan tashkil topgan narsa, bor-yoqdan paydo bo'ladi. Endi koinot haqida gapiradigan bolsak, koinot borliq bo'lgani sababli, uning yo’qlik tarafi ham mavjud bo'lishi shart. 

Koinot bugun bor, soat hodisasidan so'ng yoq bo'lishini barchamiz bilamiz. Masalaning qiziq tomoni, ayni mantiqqa tayanadigan bolsak, yo'qliq ham o'z navbatida borliqqa aylanishga majbur. Buning to'g'ri va mantiqiy isboti koinotning yo'qlikdan paydo bo'lganligidir. Buyuk portalsh natijasida paydo bo'lgan Koinotning vaqti kelib yana yo’qlikka aylanadi, keyin esa yo'qlik yana koinotga aylanadi va bu abadiy jarayon etib ketaveradi. qizig'i shundaki, bor va yo’qdan tashkil topgan bizning koinotning negizini tashkil etuvchi zarralarning o'zlari ham superpoziyiya, ya'ni zarraning ayni onda bor va yo’q bo'lish yoki ayni onda hamma joyda va hech qaerda emasligi holatidadirlar. Atomosti zarra secundning milliard balki undan ham kichikroq ulushichalik vaqt mobaynida bor va yo’q bo’lib turadi. Bu holat Alloh nazdida koinotning huddi atomosti zarra kabi har lahzada bordan yo’q va yo’qdan bor bo’lishi demakdir.

Bor-yo’q holatini sistema deb ataydigan bo'lsak, bu sistema inson mantig’iga to’g’ridan to’g’ri dahl etgani uchun, inson mantig'ining ham asosini tashkil etadi va raqamli dasturlashda 0 va 1 dan iborat binary tizimi deb ataladi. Inson mantig’ining asosini tashkil etgan algoritmik bor-yo’q sistemasi tafakkur jarayonida to’g’ri-n’oto’g’ri (true false) shaklini oladi, binobarin ma'lumotlar to'g'ri yoki noto'gri, raqamli (cifrovoy) tizimda esa 0 yoki 1 shaklida tahlil qilinadi. Masalan, biz biror narsani eshitganimizda, bu ma’lumotning to’g’ri yoki noto’g’riligini tahlil etamiz, natijada yo qabul qilamiz yoki rad etamiz. Butun murakkab mantiqiy, tafakkur qilish jarayoni ana shu eng elementar lekin unviversal bo’lgan 01 yoki bor-yo’q sistemasiga bo’ysunadi va undan kelib chiqadi. 

Shu o’rinda bir qiziqarli misol keltiradigan bo'lsam, Ona tilimizda bir bor ekan, bir yo'q ekan degan jumalani eshitgandirsiz hoynahoy. Har bir ertakning nima uchun aynan shunday boshlanishini hech o'ylab ko'rganmisiz? 1 bor ekan, 1 yo'q ekan... Mening fikrimcha, bu qadim donishmandlar tomonidan ayrim tillarga joylashirib ketilgan, hammaning ko'z o'ngidagi borliqni tushinish uchun kalit vazifasini o'tovchi sirli ma'lumotdir. Iymonimiz asosi bo'lgan la ilaha illoloh ham ikki qismdan, yo'q-inkor etish va bor-tasdiq etishdan tashkil topadi, la ilaha - iloh yuq, illa Allah - Alloh bor. Bor-yo'q sistemasi materiyaning o'zagi bo'lgani uchun inson va har qanday jonzot mantig'i, logikasining ham eng fundamental asosini tashkil etadi. Boshqacharoq aytsak, haqiqiy reallikni anglash bor-yo'q sistemasini idrok eta bilish bilan chambarchas bog'liq. Agar shu sistemani anglay bilsangiz, Borliq va yo'qlik orasidagi abadiy raqs holatini to'laqonli tasavvur qila olsak haqiqatning o'ziga, Haqiqatullohga bir nazar tashlay olgan bo'lamiz.    

Mana shu borlik va yo’likning abadiy birlik holati Allohning hayot beruvchi Muhyi va hayot oluvchi Mumit ismalari tajalliysidir. Mana shu borlik-yuqlik holatining birligiga, mujassamlik va mushtarakligiga esa wahdoniyat deyiladi. Biz so'z yuritayotgan bor-yo'q sistemasidan boshqa sistemaning bor bo'la bo'lish ehtimoli mantiqan mumkin emasligiga Ahadiyyat deymiz, chunki bor-yo'q sistemasiga ko'ra, u yo'qlikni va bor bo'lish ehtimoli bo'lgan har qanday narsani qamrab oladi. agar undan tashqarida yana qandaydir sistema bor deb tasavvur qilganimiz taqdirda ham, o'sha sistema bor bo'lgani, mavjud bo'lgani uchun bor-yo'q sistemasiga majburiy tarzda dahldor bo'lib qolar edi va bu holat, Al-Ahad ismining tajalliysini namoyon etadi. 

Al-Ahad mavjud bor-yo'q sistemasining yagonaligini, uning o'xshashi yoki ziddi bo'lishini mantiqiy va amaliy imkonsiz qiladi. Ammo hamma narsa shu yerda tugaydi desangiz adashasiz, Alloh Arshi A'loni ham yaratgan. Agar Arshi A'loning nimaligini qidirb yurgan bo'lsangiz, mana javob: Arshi A'lo Borliq va Yo'qlik sistemasini qamrab turuvchi muhit bo'lib bor-yo'q sistemasiga dohil bo'lmagan, borliq va yo'qlik degan holatlardan munazzah bo'lgan, aksincha bor-yo'q sistemasining o'rnatilishini ta'minlagan muhitdir. Bu esa, gap Arshi a'loga kelganda inson idroki mantig'i va hatto tasavvuri ham ojiz qoladi degani. Alloh esa ana shu inson aql-idroki hech qachon anglab yetolmaydigan Arshi Aloning ham o'ta o'talariga istiwo qilgan Zotdir. Mana sizga muazzam va muhtasham, mukammal, xatolardan holi, Alloh qo'ygan qonunlar asosida benuqson jarayon etuvchi sistema, ya’ni Sunatulloh.

Comments

Popular posts from this blog

АЛЛОҲНИНГ АЛ-ЛАТИФ ИСМИ ВА МАЪНОСИ

Инсон онгидаги туб инқилоб ҳақида

ҲАҚИҚИЙ ТАВҲИД ВА ЯГОНА БОШҚАРУВ ТИЗИМИ